Farg‘onada litsenziyasiz Umra tashkil qilgan kompaniyaga 82,4 mln so‘m jarima solindi

eʼlon qilindi
Kompaniya Rishton shahrida faoliyat yuritgan
Saudiya Arabistoni bir yil muddatdagi ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi
Foto: Ibraheem Abu Mustafa / Reuters

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv yakunida Farg‘ona viloyati Rishton shahrida faoliyat yurituvchi «Rishton Parvoz Trans» MChJ qonun talablarini buzganligi aniqlandi. Bu haqda qo‘mita rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Kompaniya tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda fuqarolar uchun Umra tadbirlarini tashkil etgani ma’lum bo‘lgan.

Jarima miqdori 82,4 mln so‘m

Qonunchilikka ko‘ra, Umra tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazish uchun litsenziya talab etiladi. Mazkur faoliyatni tegishli ruxsatsiz amalga oshirgan yuridik shaxslarga BHMning 200 baravari miqdorida jarima qo‘llanadi.

Hozirgi hisob-kitob bo‘yicha bu 82,4 mln so‘mga teng.

Fuqarolarga ogohlantirish berildi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita fuqarolarni Umra safarini rejalashtirishda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning tegishli litsenziyaga ega ekanini tekshirishga chaqirdi.

Qo‘mita ziyoratchilarga safar davomida turli muammolarga duch kelmaslik uchun ishonchli va qonuniy faoliyat yurituvchi tashkilotlarning xizmatlaridan foydalanishni tavsiya qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saudiya Arabistoni bir yil muddatdagi ko‘p martalik Umra vizasini joriy etgani haqida yozgandi.

Shuningdek