O‘zbekistonda yarim yilda 126,7 mingta dvigatel ishlab chiqarildi

eʼlon qilindi
2025-yilning yanvar – iyun oylarida yirik korxonalar 116 543 dona avtomobil dvigateli ishlab chiqargan
O‘zbekistonda yarim yilda 126,7 mingta dvigatel ishlab chiqarildi
Foto: Pexels

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar – iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 126,7 mingta avtomobil dvigateli ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan oshgan. 2025-yilning dastlabki olti oyida mamlakatda 116,5 ming dona avtomobil dvigateli ishlab chiqarilgan edi.

Ishlab chiqarish 10 ming donadan ko‘proqqa oshdi

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar – iyun oylarida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish hajmi 126 671 donani tashkil etdi. Bu 2025-yilning shu davridagiga nisbatan 10 ming donadan ko‘proq.

2025-yilning yanvar – iyun oylarida yirik korxonalar 116 543 dona avtomobil dvigateli ishlab chiqargan.

Ko‘rsatkich 2024-yil darajasidan ham yuqori

2024-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonda 125 210 dona avtomobil dvigateli ishlab chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonga kelayotgan turistlar soni 22,6 foizga ko‘paygani haqida yozgan edi.

Shuningdek