Qirg‘iziston O‘zbekistondan olib kirilgan 23 tonna piyozni qaytardi

Qirg‘iziston chegarasida O‘zbekistondan olib kirilgan 28 tonna piyoz va sabzi ortga qaytarildi. Bu haqda mahalliy 24.kg nashri xabar berdi.
Sabzavotlar nima uchun qaytarib yuborildi
Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, yuk «Qizil-Qiya – avtomobil yo‘li» fitosanitariya nazorat postida tekshirilgan. Nazorat davomida 23 tonna piyoz va 5 tonna sabzi mahsulotlarida majburiy markirovka mavjud emasligi aniqlangan.
Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi mazkur holatni karantin ostidagi mahsulotlarni belgilangan talablarga rioya qilmagan holda olib kirishga urinish sifatida baholagan.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududida karantin nazoratidagi mahsulotlarni tegishli tamg‘alarsiz olib kirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu sababli qoidabuzarlik aniqlangan yuk O‘zbekistonga qaytarib yuborilgan.
Avvalroq Rossiyaning «Rosselxoznadzor» agentligi Krasnodar aeroportida O‘zbekistondan olib kelingan 20,7 tonna uzum partiyasini qabul qilishdan bosh tortgandi.