2026-yil yarmida elektr va gaz xarajatlari uchun 92 mlrd so‘m kompensatsiya berildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
562,9 mingta ehtiyojmand oilaga
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Foto: Mielenkaari

2026-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonda 562,9 mingta ehtiyojmand oilaga elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlari uchun jami 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gazdan belgilangan bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qism uchun tariflar o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

Elektr energiyasi uchun 51,4 mlrd so‘m to‘landi

Yilning birinchi yarmida ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi xarajatlari uchun 51,4 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya ajratildi.

Tabiiy gaz uchun esa 40,7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berildi. Umumiy hisobda kompensatsiya olgan oilalar soni 562,9 mingtani tashkil etdi.

Kompensatsiya bo‘yicha qayerga murojaat qilish mumkin

Kompensatsiya olish tartibi bo‘yicha fuqarolar mahalladagi ijtimoiy xodimga yoki tumandagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishi mumkin.

Shuningdek, batafsil ma’lumotni Ijtimoiy himoya milliy agentligining 1140 qisqa raqamli Call-markazi orqali olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 4,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlangani haqida xabar berilgandi. Departamentning Bekobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ikki xo‘jalik rahbari suv nasoslarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab olgani aniqlandi.

Shuningdek