Dollar tushdi: 14-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

14-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 10,69 so‘mga tushib, 11 937,39 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
Dollar 6-avgustda esa 55,49 so‘mga tushib, 11 886,72 so‘m bo‘ldi. 7-avgust kuni 28,92 so‘mga oshib, 11 915,64 so‘mni, 10-avgust kuni 36,46 so‘mga oshib, 11 952,10 so‘mni, 11-avgust kuni esa 17,49 so‘mga tushib, 11 934,61 so‘mni tashkil etdi. 12-avgust kuni dollar 44,66 so‘mga tushib, 11 889,95 so‘m, 13-avgust kuni 58,63 so‘mga oshib, 11 948,58 so‘m bo‘ldi.
Yevro kursida ham pasayish kuzatildi. Yevropa valyutasi 24,28 so‘mga tushib, 13 769,16 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli tushdi. Rubl kursi 2,53 so‘mga tushib, 141,76 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 13-avgust kuni dollar kursi qanchaga pasaygani haqida yozgan edi.