Nodirbek Abdusattorov EWC 2026 turnirida play-off’ga chiqdi

13-avgust 2026 17:17 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Magnus Karlson Nodirbek Abdusattorovni
Foto: Lennart Ootes/Freestyle Chess

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Esports World Cup 2026 turnirining «A» guruhida ikki uchrashuvda g‘alaba qozonib, play-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu bilan u kamida $75 ming mukofot pulini kafolatladi.

NAVI jamoasi sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik shaxmatchi guruh bosqichida ikkala raqibini ham 2:0 hisobida mag‘lub etdi va muddatidan oldin play-offga yo‘l oldi.

Abdusattorov dastlab S8UL vakili Pranesh Munirethinam bilan uchrashdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Keyingi saralash bahsida uning raqibi Weibo jamoasi vakili Yan-Kshishtof Duda bo‘ldi. O‘zbekistonlik grossmeyster bu uchrashuvda ham 2:0 hisobida ustun keldi. Shu tariqa Abdusattorov «A» guruhidan play-off bosqichiga chiqdi.

Mukofot puli

Pley-offga chiqish orqali Nodirbek Abdusattorov Esports World Cup 2026 turnirida kamida $75 ming mukofot pulini kafolatladi.

Bundan tashqari, uning natijasi NAVI jamoasiga EWC klublar reytingi uchun 200 ochko olib keldi. Musobaqaning hal qiluvchi play-off bahslari 14 – 15-avgust kunlari Double Elimination tizimida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Javohir Sindarov FIDE Circuit reytingida 1-o‘ringa chiqqani haqida xabar berilgandi. U 75,28 ochko bilan o‘zbekistonlik yana bir shaxmatchi Nodirbek Abdusattorovni ortda qoldirdi.

Shuningdek