Toshkentda 40 nafarga yaqin tadbirkorning «svet»ga ulanish muammosi hal qilindi

eʼlon qilindi
Ular zarur texnik shartlarni olish hamda loyiha hujjatlarini kelishishda yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan
Uzilishlar kuzatilmoqda: O‘zbekistonda elektr iste’moli yana rekord darajaga chiqdi
Foto: depositphotos

Biznes-ombudsman aralashuvidan keyin tadbirkorlarga texnik shartlarni rasmiylashtirish va loyiha hujjatlarini kelishish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirkorlar murojaat qildi

Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 40 nafarga yaqin tadbirkorlar elektr tarmoqlariga ulanish jarayonida muammolarga duch kelgan. Ular zarur texnik shartlarni olish hamda loyiha hujjatlarini kelishishda yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.

Murojaatlar o‘rganilgach, muammo elektr tarmoqlari tomonidan berilgan texnik shartlarni rasmiylashtirishdagi kamchiliklar bilan bog‘liq ekani aniqlangan.

Texnik shartlar qonunchilikka zid berilgan

Tekshiruv davomida Hududiy elektr tarmoqlari Toshkent shahar filiali tomonidan ayrim tadbirkorlarga texnik shartlar amaldagi tartiblarga zid ravishda berilgani ma’lum bo‘lgan.

Shu sababli vakolatli tashkilot tadbirkorlarning elektr ta’minotiga oid loyiha hujjatlarini kelishishdan bosh tortgan.

Amaldagi qoidalarga ko‘ra, elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar iste’molchi so‘rayotgan quvvatdan kelib chiqib, tegishli hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan berilishi kerak.

Rahbariyatga taqdimnoma kiritildi

Aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida Hududiy elektr tarmoqlari Toshkent shahar filiali rahbariyatiga rasmiy taqdimnoma kiritildi.

Biznes-ombudsman aralashuvidan so‘ng tadbirkorlarning elektr tarmoqlariga ulanish bilan bog‘liq murojaatlari ijobiy hal etildi.

Natijada 40 ga yaqin tadbirkorlar uchun elektr ta’minotiga ulanish jarayonidagi to‘siqlar bartaraf etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yil yarmida elektr va gaz xarajatlari uchun 92 mlrd so‘m kompensatsiya berilgani haqida yozgandi.

Shuningdek