«Al-Nasr» jamoasi Ronalduni tabrikladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Jamoa futbolchini tabrik va olqishlar bilan kutib oldi
Foto: «Al-Nasr» Instagram sahifasi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Anjelos Postekoglu jamoa sardori Krishtianu Ronalduni turmush qurgani bilan tabrikladi. Bu haqdagi video klubning Instagram sahifasida elon qilindi. 

Jamoadoshlar bilan bayram

Murabbiyning tabrigidan so‘ng futbolchilar portugaliyalik hujumchini olqishlagan. U klub mashg‘ulotlariga kelishi bilanoq, jamoadoshlari uni tabrik va olqilshlar bilan kutib olgan. 

Ronaldu va Jorjina Rodriges turmush qurdi

Ronaldu va model Jorjina Rodriges 11-avgust kuni rasman turmush qurgan edi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘y Portugaliyaning Funshal shahridagi soborda bo‘lib o‘tgan. Keyinchalik marosim besh yulduzli mehmonxonada davom etgan.

Funshal – Ronaldu tug‘ilib o‘sgan shahar. Futbolchi Jorjina Rodrigesga 2025-yilda turmush qurishni taklif qilgan. Ular 2016-yildan beri munosabatda bo‘lib keladi.

Ronaldu va Jorjinaning to‘yi munosabati bilan mehmonxonadagi ayrim qavatlar va bir nechta bar hududlari yopilgan.

Avvalroq Ronaldu sochini qisqartirib, mis-qizg‘ish tusga bo‘yagani haqida xabar berilgan edi. Futbolchi «Al-Nasr» mashg‘ulotlariga yangi ko‘rinishda kelgan. Bu portugaliyalik futbolchining odatiy to‘q rangdagi soch turmagidan farq qiladi.

Shuningdek