Oqtepa chorrahasida harakatlanish vaqti 10 daqiqagacha qisqardi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Avtomobillar uchun yangi chapga burilish yo‘nalishlari ishga tushirildi
Oqtepa chorrahasida harakatlanish vaqti 10 daqiqagacha qisqardi
Foto: Videodan olindi

Toshkentning Chilonzor tumanidagi Oqtepa maydoni chorrahasida avtomobillar uchun yangi chapga burilish yo‘nalishlari ishga tushirildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Unga ko‘ra, yangi sxema natijasida ayrim yo‘nalishlarda avtomobillar bosib o‘tadigan masofa qariyb 600 metrga qisqargan.

Lutfiy ko‘chasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri chapga burilish mumkin

Endilikda Lutfiy ko‘chasidan kelayotgan haydovchilarga Muqimiy ko‘chasiga o‘tib, qayrilib olish talab etilmaydi. Svetoforning tegishli ishorasi orqali chorrahadan to‘g‘ridan to‘g‘ri chapga burilib, Nurafshon va Seul ko‘chalari tomon harakatlanish mumkin.

Samarqand Darvoza ko‘chasidan kelayotgan transport vositalari uchun ham shunday imkoniyat yaratildi. Avval haydovchilar Nurafshon ko‘chasiga kirib qayrilib olgan bo‘lsa, endi chorrahaning o‘zidan Muqimiy va Lutfiy ko‘chalari tomon chapga burila oladi.

Tig‘iz vaqtda 10 daqiqagacha tejash mumkin

Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi harakat sxemasi hisobiga odatiy vaqtda yo‘lda sarflanadigan vaqt 4 daqiqagacha qisqaradi. Tig‘iz soatlarda esa haydovchilar 10 daqiqagacha vaqt tejashi mumkin.

Chorraha hududida piyodalar xavfsizligini oshirish maqsadida yangi piyodalar o‘tish joylari va ular uchun alohida svetoforlar ham tashkil etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi Kichik halqa yo‘lida harakatlanish vaqti 45 foizga qisqargani haqida yozgandi.

Shuningdek