Messi penaltidan foydalana olmadi, «Inter Mayami» «Neshvill»ga yutqazdi

16-avgust 2026 09:36 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Messi penaltidan foydalana olmadi, «Inter Mayami» «Neshvill»ga yutqazdi
Foto: Al Jazeera

Lionel Messi penaltidan gol ura olmagan MLS uchrashuvida «Inter Mayami» safarda «Neshvill»ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu g‘alabadan so‘ng mezbonlar turnir jadvalidagi yetakchiligini mustahkamladi.

MLS muntazam chempionati doirasida «Neshvill» o‘z maydonida «Inter Mayami»ni qabul qilib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida «Inter Mayami» sardori Lionel Messi penaltidan foydalana olmadi. Uning zarbasini «Neshvill» darvozaboni qaytardi.

«Neshvill» to‘rtta gol urdi

Mezbonlar safida Endi Naxar 17-daqiqada hisobni ochdi. Keyinchalik Xani Muxtor 49 va 63-daqiqalarda ikkita gol urdi, Sem Sarrij esa 56-daqiqada yana bir to‘p kiritdi.

«Inter Mayami»ning yagona goliga Telasko Segoviya mualliflik qildi. U birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Messi mavsumda 15 ta gol urgan

Lionel Messi joriy mavsum barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.

«Neshvill» 19 uchrashuvdan keyin 43 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. «Inter Mayami» esa 38 ochko bilan ikkinchi pog‘onada qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi otasi Xorxe Messining vafotidan keyin faoliyatini yana qancha davom ettirishiga shubha qilayotganini bildirgandi. Futbolchi otasining o‘limi unga qattiq ta’sir qilganini va professional faoliyatini uzoq davom ettirishiga ishonchi kamayganini aytdi.

Shuningdek