Indoneziyadagi zilzilada o‘zbekistonliklar jabrlanmagan — TIV

eʼlon qilindi
Indoneziyaning Sharqiy Nusa-Tenggara provinsiyasidagi kuchli zilzila
Indoneziyadagi zilzilada o‘zbekistonliklar jabrlanmagan — TIV
Foto: The New York Times

Indoneziyaning Sharqiy Nusa-Tenggara provinsiyasidagi kuchli zilzila oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Hozircha ular orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmagan, deya xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi.

O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi Sharqiy Nusa-Tenggara provinsiyasida yuz bergan zilzila bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda. Diplomatik vakolatxona ma’lumotiga ko‘ra, zilzila oqibatida insonlar halok bo‘lgan va jarohatlangan.

Hozirgi vaqt holatiga ko‘ra, vafot etganlar va jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar aniqlanmagan. O‘zbekiston tomoni halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Indoneziyada yuz bergan 7,7 magnitudali zilzila oqibatida kamida 47 kishi halok bo‘ldi. Indoneziya Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi – BNPB rahbari Suharyanto zilzila qurbonlari soni 38 nafarga yetganini ma’lum qildi. Ikki kishi og‘ir, yana 11 kishi yengil tan jarohati olgan.

Shuningdek