«Pushti kecha»: Lamin Yamal 19 yoshini noodatiy nishonladi

«Barselona» futbolchisi Lamin Yamal 19 yoshga to‘lganini do‘stlari va yaqinlari davrasida «Pink Party» – pushti rangdagi kecha bilan nishonladi. Tadbirda uning sevgilisi Ines Garsiya ham ishtirok etdi.
Lamin Yamalning tug‘ilgan kuni 13-iyulda bo‘lgan. Biroq o‘sha paytda futbolchi Ispaniya terma jamoasi bilan JCh – 2026da qatnashayotgani sababli bayramni keyinroq o‘tkazishga qaror qilgan.
Manbalarga ko‘ra, Yamal turnir yakunlangach, do‘stlari va oila a’zolari uchun alohida kecha tashkil qilgan.

Mehmonlar pushti rangdagi liboslarda kelishdi
Futbolchi tadbirni ijtimoiy tarmoqlarda «Pink Party» deb atagan. Kechaning asosiy mavzusi pushti rang bo‘lib, Lamin Yamal ham shu rangdagi polo futbolka kiygan.
Uning sevgilisi Ines Garsiya esa yorqin pushti rangdagi kalta libosda tadbirga kelgan. Juftlik kechadan olingan surat va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda ulashgan.

«Barselona» futbolchilari ham qatnashdi
Tadbirda Yamalning «Barselona»dagi jamoadoshlari ham bo‘lgan. Xususan, Frenki de Yong, Gavi va Fermin Lopes bayramga tashrif buyurgani qayd etilgan.

Shuningdek, kechada Ispaniyada mashhur bo‘lgan musiqachilar va san’atkorlar ham ishtirok etgan. Lamin Yamal 13-iyul kuni 19 yoshga to‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lamin Yamal qanday uyda yashashi haqida xabar berilgandi. Futbolchi Barselona yaqinidagi Espluges-de-Lobregat hududida joylashgan hashamatli uyda yashaydi. Mazkur qarorgoh avval «Barselona»ning sobiq himoyachisi Jerar Pike va kolumbiyalik xonanda Shakiraga tegishli bo‘lgan.