Vivo Y31T smartfoni qanday imkoniyatlar bilan chiqadi

17-avgust 2026 11:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Vivo Y31T smartfoni qanday imkoniyatlar bilan chiqadi
Foto: SI

Vivo kompaniyasi yangi Vivo Y31T smartfonini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Gizmochina texnologiyalar nashri xabar bermoqda.

Qurilmaning asosiy texnik xususiyatlari rasmiy taqdimotdan avval internetda paydo bo‘ldi. Sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, model katta sig‘imli batareya, 50 MP kamera hamda IP68 darajasidagi himoya bilan jihozlanishi mumkin.

Yangi smartfon, avvalo, uzoq avtonom ishlash va nisbatan mustahkam korpusga urg‘u berilgan model sifatida bozorga chiqishi kutilmoqda.

Vivo Y31T 6,75 dyuymli ekran oladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vivo Y31T 6,75 dyuymli LCD-displey bilan jihozlanadi. Ekran HD+ aniqlikka ega bo‘lib, uning maksimal yorqinligi 1250 nitgacha yetishi mumkin.

Smartfonning ishlashi uchun Qualcomm Snapdragon 4 Gen 2 protsessori javob beradi. Ma’lumotlarni saqlash uchun esa UFS 2.2 turidagi xotiradan foydalanilishi kutilmoqda.

Qurilma bir nechta xotira konfiguratsiyalarida taklif etilishi mumkin: 4 GB operativ va 128 GB doimiy xotira, shuningdek, 6/128 GB va 6/256 GB versiyalar.

7200 mA/soat sig‘imli batareya

Vivo Y31T’ning asosiy xususiyatlaridan biri 7200 mA/soat sig‘imli akkumulyator bo‘lishi kutilmoqda.

Batareya 44 Vt quvvatli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Katta sig‘imli akkumulyator qurilmadan uzoq vaqt davomida quvvat manbaiga ulanmasdan foydalanishga yordam berishi mumkin.

Shunga qaramay, korpus qalinligi atigi 8,39 mm bo‘lishi aytilmoqda.

Asosiy kamera 50 MP bo‘ladi

Smartfonning orqa qismida ikkita kamerali modul joylashishi kutilmoqda. Asosiy sensorning aniqligi 50 MP, qo‘shimcha modul esa 2 MP bo‘lishi mumkin.

Selfi va videoqo‘ng‘iroqlar uchun old panelda 8 MP kamera o‘rnatilishi aytilmoqda.

IP66 va IP68 himoyasi

Y31T suv va changdan himoyalangan korpusga ega bo‘lishi mumkin. Sizib chiqqan ma’lumotlarda smartfon IP66 va IP68 standartlariga mos kelishi qayd etilgan.

Bu qurilmaning changga, suv sachrashiga va ma’lum sharoitlarda suv ta’siriga nisbatan yuqori darajada himoyalanganini anglatadi.

Uch xil rangda sotilishi kutilmoqda

Vivo Y31T uchta rangda – Crimson Red, Gold Mist va Seashore Green variantlarida taklif etilishi mumkin.

Hozircha Vivo smartfonning rasmiy taqdimot sanasi, narxi va sotuv geografiyasini e’lon qilmagan. Shu sababli qurilmaning ayrim xususiyatlari rasmiy taqdimot vaqtida o‘zgarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Vivo S50t smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek