19-avgust kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Eng yuqori harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida
Jaziramada nega elektr ta’minotidagi muammolar ko‘paydi
Foto: Kursiv Uzbekistan

19-avgust kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Eng yuqori harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilib, kunduzi 43 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Toshkent shahrida kechasi harorat 21–23 daraja, kunduzi esa 36–38 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3–8 metr tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida maksimal harorat 40 darajagacha yetadi. Tog‘li hududlarda esa nisbatan salqin, kunduzi 26–31 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

HududKechasiKunduziOb-havo va shamol
Toshkent shahri21–23°36–38°Yog‘ingarchiliksiz, shamol 3–8 m/s
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati20–25°35–40°Shamol 7–12 m/s, ayrim joylarda 13–18 m/s, chang-to‘zon bo‘lishi mumkin
Buxoro, Navoiy viloyatlari20–25°35–40°Shamol 9–14 m/s, ayrim joylarda chang-to‘zon
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari18–23°34–39°Yog‘ingarchiliksiz, shamol 7–12 m/s
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari21–26°38–43°Shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s, chang-to‘zon bo‘lishi mumkin
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari18–23°33–38°Yog‘ingarchiliksiz, shamol 5–10 m/s
Tog‘li hududlar15–20°26–31°Shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa qit’asining katta qismida yoz boshidan beri uchinchi kuchli issiq to‘lqini kuzatilayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek