Gurlanga yangi hokim tayinlandi

Xorazm viloyati hokimligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Gurlan tumani hokimi lavozimiga Odilbek Sadullayevich Ortiqov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sherzod Berdiyev yangi lavozimga tayinlandi
19-avgust kuni Sherzod Jumanazarovich Berdiyev Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

Berdiyev yangi lavozimga kelguniga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Uning yangi vazifalari yoshlar siyosatini amalga oshirish, hududning ijtimoiy rivojlanishi hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Gurlan tumaniga ham yangi hokim
Shu kuni Xorazmda yana bir tayinlov amalga oshirildi. Odilbek Ortiqov Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
U bungacha O‘zbekiston mahallalar uyushmasining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Avvalroq San’at Shakirovich Jumaniyazov Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hokimi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.