OnePlus 16 qanday ekran bilan chiqadi

19-avgust 2026 16:03 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
OnePlus 16 qanday ekran bilan chiqadi
Foto: Digital Trends

OnePlus 16 smartfoni yangi avlod Oriental Screen displeyi bilan jihozlanishi kutilmoqda. Digital Chat Station ma’lumotiga ko‘ra, ekran 165 Gts yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu interfeys, animatsiyalar va qo‘llab-quvvatlanadigan o‘yinlarda tasvirning yanada ravon ko‘rinishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Manbaga ko‘ra, OnePlus yuqori yangilanish chastotasini smartfonning turli ishlash holatlarida keng qo‘llashga urg‘u bermoqda.

ColorOS 17 bilan ishlashi kutilmoqda

OnePlus 16 zavoddan ColorOS 17 operatsion tizimi bilan chiqishi aytilmoqda. Yangi tizimda qayta ishlangan animatsiyalar bo‘lishi va umumiy ishlash ravonligi yaxshilanishi kutilmoqda.

Avvalroq OnePlus va BOE birgalikda X4 nomli yangi lyuminessent material ishlab chiqqani haqida ma’lumot berilgan edi.

Ichki sinovlarga ko‘ra, ushbu material ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha Samsung’ning M seriyali ekran materiallaridan ustun bo‘lishi mumkin. OnePlus 16’ning rasmiy taqdimot sanasi va boshqa texnik xususiyatlari hozircha e’lon qilinmagan.

Shuningdek