Umra uchun noqonuniy pul olganlar ushlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Toshkent va Farg‘onada fuqarolarni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, ulardan minglab dollar talab qilgan ikki shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi

Toshkentda 3 kishini Umraga yuborish uchun 3 450 dollar so‘ralgan

Toshkent shahrida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan shaxs tegishli litsenziyaga ega bo‘lmaganiga qaramay, o‘zini Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilgan turfirmaning vakili sifatida tanishtirgan.

U uch nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga Umra safariga yuborish va ziyorat davomida barcha amallarni bajarishlarini ta’minlashni va’da qilib, jami 3 450 dollar talab etgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u 3 400 dollar va 600 ming so‘mni olayotgan vaqtida ushlandi.

Farg‘onada 4 kishini yuborish uchun 4 200 dollar so‘ralgan

Farg‘ona shahrida esa 1998-yilda tug‘ilgan shaxs tanishlari orqali to‘rt nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilgan.

Buning evaziga jami 4 200 dollar talab qilgan shaxs so‘ralgan pulni olayotgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ushlandi.

Har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hozirgi kunda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda Farg‘ona viloyatining Rishton shahrida faoliyat yurituvchi «Rishton Parvoz Trans» MChJ qonun talablarini buzganligi aniqlangandi.

Shuningdek