Sverdlovskda o‘zbekistonliklarga 150 ming rublgacha maoshli ish taklif qilindi

eʼlon qilindi
15 ta bo‘sh ish o‘rni bor
Sverdlovskda o‘zbekistonliklarga 150 ming rublgacha maoshli ish taklif qilindi
Foto: «Dunyo» AA

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida O‘zbekiston fuqarolari uchun 15 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi. «Dunyo» axborot agentligiga ko‘ra, ish haqi oyiga 100 mingdan 150 ming rublgacha bo‘lib, hujjatlarni rasmiylashtirish, yotoqxona va ovqatlanish xarajatlarini ish beruvchi qoplashi ma’lum qilindi.

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Sverdlovsk viloyatida faoliyat yurituvchi Gross Group kompaniyasi rahbari Nikita Kalashnikov bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada qonuniy ishga joylashtirish, mehnat sharoitlarini ta’minlash va ularning huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Gross Group vakilining ma’lum qilishicha, kompaniyada o‘zbekistonliklar uchun 15 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud.

Taklif etilayotgan maosh oyiga 100 mingdan 150 ming rublgacha. Ishga qabul qilingan xodimlarning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish, yotoqxonada yashashi va ovqatlanishi bilan bog‘liq xarajatlar kompaniya tomonidan qoplanadi.

Mehnat shartnomalariga alohida e’tibor qaratildi

O‘zbekiston tomoni ish beruvchiga fuqarolarni ishga joylashtirish tartibi, mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish va xorijda ishlayotgan vatandoshlarning huquqiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha talablarni tushuntirdi.

Tashrif davomida kompaniyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar bilan ham suhbat o‘tkazilib, ularning mehnat va konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.

Vatandoshlarga xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar berildi

Fuqarolarga Rossiya qonunchiligiga va mehnat shartnomasi shartlariga rioya qilish tavsiya etildi.

Shuningdek, ekstremizm, terrorizm va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga aralashib qolmaslik bo‘yicha ogohlantirish berildi.

Rossiyaning ayrim hududlarida dronlar bilan bog‘liq xavflar ortayotgani sababli rasmiy ogohlantirishlar va xavfsizlik ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilish zarurligi ham eslatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik quruvchilar uchun Serbiyada 120 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi. Nomzodlar armaturachi, duradgor, qurilish muhandisi, kran operatori va stanok operatori lavozimlariga ishga qabul qilinadi.

Shuningdek