Bronza medal Javohir Sindarovga 58 ming dollar olib keldi

eʼlon qilindi
Sinquefield Cup – 2026 turnirida uchinchi o‘rinni egallagani uchun
Javohir Sindarov jahon toji uchun kim bilan bahslashadi
Foto: Sindarov/ Instagram

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov AQShning Sent-Luis shahrida o‘tkazilgan Sinquefield Cup – 2026 turnirida uchinchi o‘rinni egallab, $58 125 mukofot puli oldi.

Kuchli uchlikdan joy oldi

Grand Chess Tour seriyasining yakuniy bosqichi hisoblangan musobaqada Sindarov 9 ta partiyada 5 ochko jamg‘arib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Turnirning so‘nggi turida u qora donalarda amerikalik Uesli So bilan durang o‘ynadi. Barcha hal qiluvchi partiyalar durang bilan yakunlangach, g‘oliblik masalasi tay-breyk orqali aniqlandi.

G‘olib $103 ming oldi

Armageddon bahsida Uesli So g‘alaba qozonib, $103 125 mukofot pulini qo‘lga kiritdi. Rameshbabu Pragnanandha $100 937, Vinsent Keymer esa $65 937 ishlab topdi.

Foto: grandchesstour.org

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi $475 685 ni tashkil etdi.

Turnirda uchinchi o‘rin uchun $50 ming, to‘rtinchi o‘rin uchun esa $35 ming mukofot belgilangan edi. Ikki shaxmatchi bir xil natija qayd etgani sababli ushbu pullar teng taqsimlandi va Sindarovga $42,5 ming to‘g‘ri keldi.

Bundan tashqari, turnirda natijali partiyalar uchun alohida $125 minglik bonus jamg‘armasi ham mavjud edi. Sindarov musobaqada ikkita g‘alabaga erishdi – Vinsent Kaymer va Yorden van Forestni mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabalar uchun u yana $15 625 bonus oldi.
Shunday qilib, Sindarovning turnirdagi jami daromadi: $42 500 + $15 625 = $58 125.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Javohir Sindarov AQShdagi nufuzli turnirda uchinchi o‘rinni egallagani haqida yozgandi.

Shuningdek