«Samarkand – 2028» sun’iy yo‘ldoshi Samarqandning ilk kosmik suratini oldi

«Samarkand – 2028» gipеrspektral sun’iy yo‘ldoshi Samarqand shahrining kosmosdan olingan ilk suratini Yerga uzatdi. Mazkur tasvir sun’iy yo‘ldoshning Yer yuzasini kuzatish bo‘yicha missiyasi doirasida olingan. Bu haqda «Uzcosmos» agentligi xabar berdi.
Sun’iy yo‘ldosh orbitada ishlamoqda
Orbitaga chiqarilgan «Samarkand – 2028» o‘z missiyasi davomida Yer yuzasi haqida ma’lumot to‘plash va hududlarni suratga olishni davom ettirmoqda.




Sun’iy yo‘ldoshning Samarqandni suratga olgani alohida ramziy ahamiyatga ega. Chunki shahar 2028-yilda Xalqaro Astronavtika Kongressiga mezbonlik qiladi.
Samarqand kosmik tadbir markazida
Shunday qilib, 2028-yilda dunyoning turli mamlakatlaridan kosmik soha vakillarini qabul qilishi kutilayotgan Samarqand bugunoq orbitadagi sun’iy yo‘ldosh nigohida.
«Samarkand – 2028»ning yangi kosmik tasviri O‘zbekistonning kosmik texnologiyalar va Yer masofadan zondlash yo‘nalishidagi loyihalari rivojlanayotganini ham ko‘rsatadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Samarkand – 2028» sun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarilgani haqida yozgandi.