Buxoroga yiliga 10 mln sayyoh jalb qilish rejalashtirilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
«Jo‘yzar» kanalining 9 kilometri betonlashtirildi
Buxoroga yiliga 10 mln sayyoh jalb qilish rejalashtirilmoqda
Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Buxoro viloyatida turizm, irrigatsiya va ijtimoiy infratuzilma bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Asosiy maqsad Buxoroga yiliga 10 mln sayyoh jalb qilish va viloyatni tranzit hududdan to‘laqonli sayyohlik maskaniga aylantirishdir. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

«Jo‘yzar» kanalining 9 kilometri betonlashtirildi

Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Saida Mirziyoyeva Buxoroga tashrifi davomida may oyida belgilangan vazifalar ijrosi va erishilgan natijalar bilan tanishganini bildirdi.

Xususan, «Jo‘yzar» kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirildi, yana 10 kilometrida ishlar davom etmoqda. Loyihaning to‘liq amalga oshirilishi yiliga 12 mln kub metr suvni tejash imkonini berishi kutilmoqda.

Shu hududning o‘zida baliqchilik xo‘jaligi ham ishga tushirildi. Shayxoncha mahallasida esa 240 o‘rinli zamonaviy bolalar bog‘chasi barpo etildi.

Buxoroda yangi turizm loyihalari muhokama qilindi

Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Tashrif doirasida viloyatning turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan qator loyihalar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, «Afshona» majmuasi, etno-uylar, «Jo‘yi Muliyon» kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinida mehmonxonalar qurish va turizm klasterlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, asosiy maqsad Buxoroga yiliga 10 mln sayyoh jalb qilish va shaharni sayyohlar yo‘lda kirib o‘tadigan hudud emas, balki alohida sayohat uchun tanlanadigan maskanga aylantirish.

Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Tashrif yakunida Prezident administratsiyasi rahbari Buxorodagi «Yetti pir» ziyoratgohlarini ziyorat qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Administratsiyasi mansabdorlari umrbod daxlsizlik immunitetiga ega bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek