Dunyodagi eng mashhur 10 ta emoji aniqlandi: «yig‘layotgan yuz» «kulayotganlar»dan o‘zib ketdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
The New York Times Google ma’lumotlari asosida
Dunyodagi eng mashhur 10 ta emoji aniqlandi: «yig‘layotgan yuz» «kulayotganlar»dan o‘zib ketdi
Foto: depositphotos.com

The New York Times Google ma’lumotlari asosida dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan emoji’lar reytingini tuzdi. Tadqiqot 2025-yilda Android’ning Gboard klaviaturasida yuborilgan 665 millionta emoji ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan.

«Yig‘layotgan yuz» birinchi o‘ringa chiqdi

Reytingda eng mashhur emoji 😭 — yig‘layotgan yuz bo‘ldi. U bir vaqtning o‘zida kulgili, noqulay yoki kuchli hissiy holatlarni ifodalash uchun ishlatilmoqda.

U bir yil ichida reytingda uch pog‘onaga ko‘tarilib, avvalgi mashhur 🤣 va 😂 emoji’larini ortda qoldirdi. Ayniqsa, Z avlodi orasida bu belgilar haddan tashqari ko‘p ishlatilgani sababli o‘z mashhurligini yo‘qotmoqda.

Z avlodi emoji tanlovini o‘zgartirmoqda

Tadqiqotga ko‘ra, yoshlar ayrim odatiy emoji’larning o‘rniga boshqa belgilarni qo‘llay boshlagan. Masalan:

  • 🥀 — 💔 o‘rniga;
  • 🔥 — 💯 o‘rniga;
  • 🙏 — 👍 o‘rniga ishlatilmoqda.

Toronto universiteti lingvisti Sali Talyamonte ta’kidlashicha, o‘smirlar odatda til o‘zgarishlarini birinchi bo‘lib boshlab beradi. Emoji’lar ham bundan mustasno emas.

3,6 mingdan ortiq emoji mavjud

Bugungi kunda 3,6 mingdan ortiq emojilar mavjud bo‘lsa-da, eng mashhur 10 ta emoji 2025-yildagi barcha ishlatilishlarning 36 foizini tashkil qilgan.

Shu bilan birga, ayrim emoji’larning mashhurligi tez sur’atlarda oshgan. 2025-yilda eng katta o‘sish 🥀 so‘ligan gul, 🫰 barmoqlar bilan yasalgan yurak va Braziliya bayrog‘ida kuzatilgan.

Yangi reyting yoshlar orasidagi internet tili va emoji’lardan foydalanish uslubi tez o‘zgarayotganini ko‘rsatmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple yangi emojilarni taqdim etgani haqida yozgandi.

Shuningdek