«Tashabbusli budjet»da ovoz berish boshlandi

«Tashabbusli budjet»ning 2026-yilgi ikkinchi mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ovoz berish jarayoni 31-avgust kuni soat 23:59 da yakunlanadi.
Fuqarolar «Ochiq budjet» portalining veb-sahifasi, portalning Android va iOS mobil ilovalari orqali ovoz berishi mumkin.
Shuningdek, ovoz berish uchun Telegramdagi rasmiy botdan ham foydalanish mumkin.
G‘olib loyihalar ovozlar asosida aniqlanadi
«Tashabbusli budjet» aholiga mahalliy budjet mablag‘larining bir qismini qaysi loyihalarga yo‘naltirish bo‘yicha taklif bildirish va ovoz berish imkonini beradi.
Ovoz berish yakunlangach, eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan tashabbuslar moliyalashtirish uchun tanlab olinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tashabbusli budjet»ning ilk sheriklik loyihasi g‘olibi aniqlangandi. Unga ko‘ra, Samarqand shahridagi Registon mahallasida joylashgan futbol stadionini ta’mirlash loyihasining 50 foizi fuqarolar tomonidan moliyalashtirildi.