Texnikum rahbarlariga menejerlik sertifikati berish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hujjat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi va QR-kodga ega bo‘ladi
Texnikum ochish uchun 20 dan ortiq litsenziya talabi bekor qilinadi
Foto: O‘zA

O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari va ularning o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati berish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan rahbarlarga davlat namunasidagi menejerlik sertifikati elektron shaklda beriladi. Hujjat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi va QR-kodga ega bo‘ladi.

Direktorlar va ularning o‘rinbosarlari maxsus portal orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘quv kursida qatnashish uchun ariza topshiradi.

Ilmiy darajaga ega rahbarlarga sertifikat to‘g‘ridan to‘g‘ri beriladi

Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan direktorlar va direktor o‘rinbosarlariga sertifikat ularning arizasiga asosan, o‘quv kursini o‘tamasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri uch yil muddatga beriladi.

Yakuniy sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga esa natijalar e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta ichida o‘quv tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida sertifikat rasmiylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OTMdagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov boshlangani haqida xabar berilgandi. Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda qatnashishi mumkin.

Shuningdek