Javohir Sindarov FIDE Circuit reytingida yetakchilikka chiqdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
20 yoshli shaxmatchi 93,89 ochko jamg‘ardi
Javohir Sindarov Ruminiyadagi nufuzli turnirda bronza medalini qo‘lga kiritdi
Foto: Grand Chess Tour

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov FIDE Circuit’ning yangilangan oraliq reytingida birinchi o‘rinni egalladi. 20 yoshli shaxmatchi 93,89 ochko jamg‘arib, eng yaqin ta’qibchisini qariyb 19 ochkoga ortda qoldirdi.

Yangilangan reytingda ikkinchi o‘rinni AQSh vakili Uesli So 75,35 ochko bilan egallab turibdi. Yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 65,64 ochko bilan uchinchi pog‘onada joylashgan.

Kuchli o‘ntalikdan, shuningdek, Rameshbabu Pragnanandhaa, Fabiano Karuana, Vinsent Keymer, Hayk Martirosyan, Arjun Erigaisi, Alireza Firuzja va Yan Nepomnyashiy o‘rin olgan.

FIDE Circuit g‘olibiga muhim yo‘llanma beriladi

FIDE Circuit bu shaxmatchilar yil davomida yirik xalqaro turnirlardagi natijalari uchun ochko to‘playdigan reyting tizimi.

Yil yakunida ushbu reytingda g‘olib bo‘lgan shaxmatchi nomzodlar turniriga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma oladi. Nomzodlar turniri g‘olibi esa shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioniga qarshi chempionlik uchrashuvida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bibisara Asaubayeva Javohir Sindarov bilan xayrlashgani haqida xabar berilgandi. Asaubayeva Telegram kanalida AQShdan uchib ketish jarayonidan bir nechta suratlarni joylashtirdi. Kadrlardan birida u va Javohir Sindarov taksida qo‘l ushlashib ketayotgani, yana bir suratda esa aeroport terminalida xayrlashayotgani ko‘rinadi.

Shuningdek