
O‘zbekiston terma jamoasi va Angliyaning «Manchester City» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov yangi EA SPORTS FC 27 futbol simulyatorida yuqoriroq reytingga ega bo‘ladi. Bu haqda Sports.kz nashri xabar berdi.
Reytingi 82 ball bo‘ladi
22 yoshli o‘zbekistonlik futbolchining o‘yindagi boshlang‘ich umumiy reytingi 82 ball etib belgilanishi kutilmoqda. Bu uning avvalgi versiyadagi ko‘rsatkichidan 5 ball yuqori.
Husanovning reytingi «Manchester City»ning misrlik hujumchisi Umar Marmushnikiga teng bo‘ladi. Jamoada eng yuqori reyting esa 91 ball bilan Erling Holandga tegishli.
Husanov — klubning istiqbolli himoyachilaridan biri
Markaziy himoyachi sifatida faoliyat yuritayotgan Husanov Osiyo futbolining eng istiqbolli yosh futbolchilaridan biri hisoblanadi. U 2025-yil yanvar oyida Fransiyaning «Lans» klubidan «Manchester City»ga o‘tgan.
Reyting hali yakuniy emas
Ta’kidlanishicha, hozircha e’lon qilingan reytinglar rasmiy hisoblanmaydi va o‘yinning yakuniy versiyasi chiqarilishiga qadar o‘zgarishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Husanovning «Siti»si yangi mavsumini «Bornmut»ga qarshi boshlashi haqida yozgandi.