Ilhom Aliyev O‘zbekistonda qanday kutib olindi — foto

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida 23-avgust kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.




Toshkent-Humo xalqaro aeroportida Ozarbayjon prezidentini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi. Marosimda ikki davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.
Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishi o‘tkaziladi
Tashrif dasturiga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.




Shuningdek, ikki davlat rahbarlari raisligida Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muhim hujjatlar imzolanadi
Sammit yakunida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida qator muhim hujjatlar imzolanishi hamda iqtisodiy va gumanitar yo‘nalishlarda yangi loyihalar ishga tushirilishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» nashri Ozarbayjon prezidenti 23 – 24-avgust kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida yozgandi.