Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorovdan nimalar kutilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zbekiston Shaxmat olimpiadasining asosiy favoritlaridan biri hisoblanadi
Foto: Chess.com

O‘zbekiston shaxmat olimpiadasining asosiy favoritlaridan biri hisoblanadi. Bu haqda 24-avgust kuni 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Xalqaro shaxmat akademiyasi direktori Komiljon Sindarov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov kabi yuqori darajadagi shaxmatchilarning borligi jamoaning imkoniyatlarini oshiradi.

Sindarov Samarqandda o‘tkaziladigan Olimpiadada O‘zbekistondan yuqori natija kutilayotganini qayd etdi.

Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorovdan tashqari Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov hamda Muxiddin Madaminov bor. Jamoa sardori esa Rustam Qosimjonov.

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 15 – 27-sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Musobaqada 200 ga yaqin terma jamoalar va 4 mingdan ortiq rasmiy vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.

Sindarovga ko‘ra, ushbu musobaqaga norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen tashrif buyurmaydi. Chunki u Norvegiya terma jamoasi tarkibiga kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bibisara Asaubayeva sentabr oyida O‘zbekistonga kelishi xabar qilingandi. U 15 – 27 sentabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan 46-Jahon shaxmat olimpiadasida Qozog‘iston terma jamoasi safida ishtirok etadi.

Shuningdek