Jahongir Ortiqxo‘jayev «Paxtakor» raisligidan ketdi — manba

eʼlon qilindi
Klub vakillariga bu xabar 24-avgust kuni yetkazilgan
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahrining sobiq hokimi va tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev «Paxtakor» futbol klubi bilan hamkorlikni yakunlashga qaror qildi. Bu haqda klub xodimlariga tayanib, Alisher Nikimbayev o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Klub vakillarining aytishicha, Ortiqxo‘jayevning ketishi haqidagi qaror xodimlarga 24-avgust kuni yetkazilgan.

«Paxtakor» endi nima qiladi

Nikimbayevning qayd etishicha, tadbirkorning «Paxtakor»dagi faoliyatini yakunlashi kutilgan edi. Biroq bu jarayonning aynan hozir va qisqa muddat ichida amalga oshishi kutilmagan.

Hozircha klubning Ortiqxo‘jayev ketganidan keyingi faoliyati qanday davom etishi bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q.

Qayd etish joizki, yaqinda klub raisi o‘rinbosari Dilshod Karimov ham o‘z arizasiga ko‘ra, iste’foga chiqqandi.

«Paxtakor»ni muhim o‘yin kutmoqda

«Paxtakor» uchun esa muhim xalqaro o‘yinlar arafasida bu o‘zgarish yuz bermoqda. Jamoaning Osiyo Chempionlar ligasi Elit bosqichidagi ilk uchrashuviga uch haftaga yaqin vaqt qolgan.

Toshkent klubi musobaqadagi ilk uchrashuvini 14-sentabr kuni Saudiya Arabistonida «Al-Ahli»ga qarshi o‘tkazadi.

Avvalroq Krishtianu Ronaldu o‘ynaydigan Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi 2-noyabr kuni Toshkentda «Paxtakor»ga qarshi maydonga tushishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek