Dollar tushdi: 25-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

25-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 35,48 so‘mga tushib, 11 818,07 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
Dollar 18-avgust kuni 33,83 so‘mga tushib, 11 891,18 so‘mni, 19-avgust kuni 36,95 so‘mga tushib, 11 820,40 so‘mni va 20-avgust kuni yana 25,52 so‘mga tushib, 11 794,88 so‘mni tashkil etdi. 21-avgust kuni esa kurs 52,28 so‘mga oshib, 11 847,16 so‘mni, 24-avgust kuni yana 6,39 so‘mga oshib, 11 853,55 so‘mni qayd etdi.

Yevro kursida ham tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 81,7 so‘mga tushib, 13 788,14 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham tushdi. Rubl kursi 0,17 so‘mga tushib, 141,69 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 24-avgust kuni qaysi banklarda xorijiy valyutalarni qulay ayirboshlash mumkinligi haqida xabar berilgandi.