Andijonda 4 egizak tug‘ildi
eʼlon qilindi
Ular shifokorlar nazoratida

Andijon viloyatida bir oilada to‘rt egizak dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon tumanida yashovchi Dildoraxon Ahmedova 20-avgust kuni ko‘p homilalik tashxisi bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyat filialiga yotqizilgan.
Ayolga muddatidan avval kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan. Tug‘uruq jarayonida akusher-ginekolog, neonatolog va reanimatologlar ishtirok etgan. Natijada uch qiz va bir o‘g‘il tug‘ilgan.
Chaqaloqlarning vazni quyidagicha:
- birinchi chaqaloq – qiz, 1 840 gramm;
- ikkinchi chaqaloq – o‘g‘il, 1 534 gramm;
- uchinchi chaqaloq – qiz, 1 584 gramm;
- to‘rtinchi chaqaloq – qiz, 1 756 gramm.
Hozirda to‘rt egizak va ularning onasi shifokorlar nazoratida.
Avvalroq Andijon shahrida 5 nafar egizak dunyoga kelgandi.