Liil Huramov to‘ydan keyingi oilaviy videolarini e’lon qildi

O‘zbekistonlik bloger, vayner va xonanda Liil Huramov taxallusi bilan tanilgan Ozod turmush o‘rtog‘i Lera bilan yangi oilaviy videosini Instagram sahifasida e’lon qildi. Avvalroq juftlik turmush qurgani ma’lum bo‘lgan edi. Hozircha ijtimoiy tarmoqlarda katta to‘y marosimiga oid foto yoki videolar tarqalmagan.
Liil Huramov Instagram sahifasida rafiqasi Lera bilan birga tushgan oilaviy videoni obunachilariga namoyish qildi.
Avvalroq bloger juftlikning to‘yga tayyorgarlik jarayonlarini ham ulashgan edi. Xususan, Lera bilan kelinlik libosini tanlash jarayoni, shuningdek, kelinning barmog‘idagi 3 karatli uzuk aks etgan suratlar e’lon qilingan.
Bloger uzuk haqidagi suratga hazil tariqasida:
«Bitta 1 xonali uy ketti shunga», – deb yozgan edi.
To‘y tor doirada o‘tgan bo‘lishi mumkin
Liil Huramov va Leraning nikohidan so‘ng ham katta to‘y marosimi, ko‘p sonli mehmonlar yoki tantanali bazm aks etgan videolar hozircha blogerning sahifasida e’lon qilinmagan.
Shu sababli to‘y katta miqyosda emas, balki yaqinlar davrasida yoki tor doirada o‘tgan bo‘lishi mumkin. Biroq juftlikning o‘zi marosim qanday formatda o‘tgani haqida hozircha batafsil ma’lumot bermagan.
Liil Huramovning shaxsiy hayoti muxlislar e’tiborida
Bloger yil boshida 2026-yilda oila qurishi mumkinligiga ishora qilgan edi. O‘sha paytda uning Dubayda yashovchi model Valeriya bilan munosabatda ekani haqida ma’lumotlar tarqalgan. Iyun oyida esa Liil Huramov ushbu munosabatlar yakunlanganini bildirgan.
Keyinchalik uning Lera bilan munosabatlari va to‘yga tayyorgarlik jarayonlari ommaga ma’lum bo‘ldi.
Liil Huramovning Instagram sahifasida 4 milliondan ortiq obunachilar bor. Shu sababli uning oilaviy hayotiga oid yangi video ham kuzatuvchilar e’tiborini tortdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ronaldu va Jorjinaning to‘y lavhalari e’lon qilingani haqida yozgandi.