26-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi

26-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. «O‘zgidromet»ga ko‘ra, kunduzgi harorat hududlarga qarab 32–40 daraja, kechasi esa 17–23 daraja atrofida bo‘ladi.
Janubda harorat 40 darajagacha ko‘tariladi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunduzgi harorat 35–40 daraja, kechasi 18–23 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kunduzi 32–37 daraja, kechasi 17–22 darajani tashkil etadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 32–37 daraja, kechasi 17–22 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda shamol kuchayadi
Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 33–38 daraja, kechasi 18–23 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi 33–38 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkentda 33–35 daraja issiq bo‘ladi
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–20 daraja, kunduzi esa 33–35 daraja bo‘ladi.
Tog‘larda havo salqinroq bo‘ladi
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 25–30 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yevropa keyingi issiqlik to‘lqiniga tayyorlanayotgani haqida yozgandi.