Eron yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasidan chiqadimi

eʼlon qilindi
Eron Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani 1970-yilda ratifikatsiya qilgan
Eron yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasidan chiqadimi
Foto: Morteza Nikoubazl/NurPhoto

Eron parlamenti deputatlari mamlakatning Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan (NPT) chiqishi mumkinligi haqidagi masalani yana ko‘tardi. Bu haqda DW xabar berdi.

Eron parlamenti deputati G‘osim Ravonbaxsh mamlakatning NPTdan chiqishi bo‘yicha taklif kiritilgani va u ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Parlamentning Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat komissiyasi a’zosi Ibrohim Rizoiy esa bunday qadam AQShning kuchayayotgan iqtisodiy bosimiga «eng yaxshi javob» bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Biroq Tehronda bu g‘oya yangilik emas. Eron rasmiylari G‘arb davlatlari bilan munosabatlar keskinlashgan davrlarda shartnomadan chiqish imkoniyatini bir necha bor tilga olgan. Hozircha mamlakat rahbariyati haqiqatan ham bu qadamga tayyorlanayotgani yoki faqat muzokaralarda bosimni oshirishga urinayotgani aniq emas.

NPTdan chiqish Eron uchun nimani anglatadi

Eron Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani 1970-yilda ratifikatsiya qilgan. Bugungi kunda NPTga 191 davlat a’zo bo‘lib, hujjatning asosiy maqsadi yadroviy qurollarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni rivojlantirish va yadroviy qurolsizlanishga erishishdan iborat.

Shartnomaning X moddasiga ko‘ra, a’zo davlat favqulodda holatlar uning oliy milliy manfaatlariga tahdid solmoqda, deb hisoblasa, NPTdan chiqish huquqiga ega. Buning uchun boshqa a’zo davlatlar hamda BMT Xavfsizlik Kengashiga kamida uch oy oldin xabar berilishi va qarorning sabablari tushuntirilishi kerak.

Atom energetikasi bo‘yicha sobiq xalqaro maslahatchi Behruz Bayotning fikricha, Eronning shartnomadan chiqishi xalqaro hamjamiyat tomonidan Tehron yadroviy qurol yaratish variantini ochiq qoldirmoqchi yoki shu yo‘nalishda harakatlanmoqchi ekanining belgisi sifatida qabul qilinishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Eron Trampning o‘g‘li uchun $10 mln mukofot va’da qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek