UZCARD va TBC Bank strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

eʼlon qilindi
Strategik hamkorlikning birinchi bosqichida 1 mln dona TBC Salom UZCARD bank kartalari chiqariladi
UZCARD va TBC Bank strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi
Foto: UZCARD

UZCARD va TBC Bank TBC Bankning karta mahsulotlarini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi.

Strategik hamkorlikning birinchi bosqichida 1 mln dona TBC Salom UZCARD bank kartalarini chiqarish bo‘yicha loyihani birgalikda amalga oshirish, keyinchalik esa hamkorlikni kengaytirish va emissiya ko‘lamini oshirish rejalashtirilgan. Kartalarni chiqarish yaqin oylarda boshlanishi ko‘zda tutilmoqda. Tomonlar ushbu loyihani O‘zbekistonda zamonaviy karta mahsulotlari va raqamli to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli tashabbus sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Hamkorlik doirasida UZCARD va TBC Bank mahsulotning raqamli va texnik infratuzilmasini rivojlantirish, kartalarni masofadan rasmiylashtirish va keyinchalik ularga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, shuningdek, TBC Salom UZCARD faol karta egalari sonini oshirishga qaratilgan qo‘shma marketing tashabbuslarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

TBC Salom UZCARD mijozlar uchun zamonaviy servislar va afzalliklar majmuasiga ega uzoq muddatli karta mahsuloti sifatida rivojlantiriladi. Kartaning qo‘shimcha afzalliklaridan biri ATTO transport servislarining integratsiyasi, jumladan, jamoat transportida almashinuv tariflaridan foydalanish imkoniyati bo‘ladi. Tomonlar, shuningdek, texnik yechimlarni muvofiqlashtirish hamda mahsulotning yanada rivojlanishiga ko‘maklashuvchi boshqa kompaniya va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish niyatida.

«TBC Bank bilan memorandum imzolanishi — milliy to‘lov tizimi bazasida zamonaviy karta mahsulotlarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Biz UZCARDning infratuzilmaviy imkoniyatlari va TBC Bankning raqamli ekspertizasini birlashtirishda katta salohiyatni ko‘rmoqdamiz. Birgalikdagi ish foydalanuvchilar uchun yanada qulay va texnologik yechimlarni yaratish imkonini beradi», — UCMG MChJ bosh direktori, David Melikidze.

«TBC Bank uchun TBC Salom UZCARDni rivojlantirish — mijozlarga TBC Bankning raqamli mijoz tajribasi va UZCARD milliy to‘lov infratuzilmasi imkoniyatlarini o‘zida uyg‘unlashtirgan zamonaviy karta mahsulotini taklif etish imkoniyatidir. Biz uzoq muddatli hamkorlik va mahsulotni birgalikda rivojlantirishga umid qilamiz», — Spartak Tetrashvili, СEO TBC Bank.

UZCARD va TBC Bank hamkorligi raqamli moliyaviy servislarni rivojlantirish hamda O‘zbekistonda to‘lov vositalari foydalanuvchilari uchun imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha umumiy tendensiyaga mos keladi.

Shuningdek