O‘zbekistonda aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga 85,8 kishiga yetdi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, har bir kvadrat kilometr hududga o‘rtacha 85,8 kishi to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 1,5 kishiga oshgan. 2025-yil 1-iyul holatida mamlakatda bir kvadrat kilometrga o‘rtacha 84,3 kishi to‘g‘ri kelgan edi.
Aholi zichligi yilma-yil oshib bormoqda
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi zichligi so‘nggi yillarda izchil o‘sib borgan. 2022-yil 1-iyul holatida bir kvadrat kilometrga 79,3 kishi to‘g‘ri kelgan. 2023-yilda bu ko‘rsatkich 81 kishiga, 2024-yilda esa 82,7 kishiga yetgan.
2025-yilda aholi zichligi 84,3 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yilda ko‘rsatkich 85,8 kishiga ko‘tarilgan.
To‘rt yilda 6,5 kishiga oshgan
2022 – 2026-yillar oralig‘ida O‘zbekistonda bir kvadrat kilometrga to‘g‘ri keladigan aholi soni 79,3 kishidan 85,8 kishigacha oshgan. To‘rt yil ichida aholi zichligi 6,5 kishiga ko‘paygan.
Mazkur ko‘rsatkich mamlakat hududidagi doimiy aholi sonining o‘sishi fonida aholi zichligi ham bosqichma-bosqich ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Avvalroq «Kursiv» o‘rtacha pensiya to‘qqiz yil ichida uch barobarga oshib, 1,6 million so‘mga yetgani haqida yozgan edi.