Samsung Galaxy S27 Pro tasvirlari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Uning dizayni Galaxy S27 Ultra’ga juda o‘xshash bo‘ladi
Samsung Galaxy S27 Pro tasvirlari e’lon qilindi
Foto: SI / Android Headlines

Samsung’ning 2027-yilda taqdim etilishi kutilayotgan yangi Galaxy S27 Pro smartfonining renderlari internetda paydo bo‘ldi. Android Headlines ma’lumotlarga ko‘ra, model Galaxy S27 Ultra’ning ixchamroq versiyasi bo‘ladi, biroq S Pen stilusiga ega bo‘lmaydi.

Galaxy S27 Pro Samsung’ning flagman qatoridagi mutlaqo yangi model bo‘lishi kutilmoqda. Renderlarga qaraganda, uning dizayni Galaxy S27 Ultra’ga juda o‘xshash bo‘ladi.

Ekrani 6,6 dyuym bo‘lishi mumkin

Foto: Android Headlines

Dastlabki ma’lumotlarda Galaxy S27 Pro 6,6 dyuymli displey bilan jihozlanishi aytilmoqda. Bu Galaxy S27 Ultra ekranidan 0,3 dyuym kichik.

Smartfonning o‘lchamlari 154,06×73,77×7,95 mm bo‘lishi mumkin. Galaxy S27 Pro’ning asosiy kamerasi 200 MP sensor bilan jihozlanishi mumkin.

Ultra keng burchakli kamera 50 MP, uchinchi kamera esa 12 MP sensor va 3 karra optik zumga ega teleobyektiv bilan kelishi kutilmoqda.

Snapdragon yoki Exynos protsessori qo‘llanilishi mumkin

Foto: Android Headlines

Smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 6 Extreme protsessorida ishlashi kutilmoqda. Ayrim mamlakatlar uchun esa Exynos 2700 chipiga ega versiya chiqarilishi mumkin.

Galaxy S27 Pro’ga 5200 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilishi ham aytilmoqda.

Samsung Galaxy S27 seriyasining rasmiy taqdimoti 2027-yil boshida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Hozircha Galaxy S27 Pro’ning texnik xususiyatlari Samsung tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S26 FE narxi va sotuv sanasi ma’lum bo‘lgandi. Galaxy S26 oilasining nisbatan hamyonbop modeli 2026-yil 4-sentabrdan boshlab qator yirik bozorlarda sotuvga chiqadi. Smartfonning boshlang‘ich narxi AQShda $699 etib belgilandi.

Shuningdek