Nafaqa va Baraka kartasi bo‘yicha qayerga murojaat qilish kerak

eʼlon qilindi
Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar 7 foizga oshiriladi
Foto: Depositphotos

Nafaqa tayinlanishi, to‘lov muddati, Baraka kartasini olish yoki ilovadagi texnik muammolar bo‘yicha murojaat qilinadigan tashkilotlar va telefon raqamlari ma’lum qilindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Nafaqa va to‘lovlar bo‘yicha

Nafaqa tayinlanganini aniqlash, uning qachon to‘lanishi yoki kasallik nafaqasi miqdori haqida ma’lumot olish uchun 1070 «Ishonch raqami»ga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Shuningdek, yashash joyiga biriktirilgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazining To‘lovlar sho‘basiga murojaat qilish mumkin.

Baraka kartasi kelmagan bo‘lsa

Agar bank kartasi filialga yetib kelgani yoki uning yetkazib berilishida kechikish bo‘yicha savollar bo‘lsa, kartani chiqargan bankka murojaat qilish kerak.

Baraka kartalari bo‘yicha «Aloqabank» yoki Xalq banki bilan bog‘lanish mumkin.

Texnik xatoliklar bo‘yicha

«Baraka» mobil ilovasi yoki kartada texnik xatolik yuzaga kelsa, P2P pul o‘tkazmalari yoki boshqa tizimli muammolar bo‘yicha «Ijtimoiy karta» uchun mas’ul to‘lov tashkilotiga murojaat qilish mumkin.

Bog‘lanish uchun telefon raqami: 71 203 09 98.

Balans va tushumlarni qanday tekshirish mumkin

Karta balansi va tushgan mablag‘larni «Baraka» mobil ilovasi orqali tekshirish mumkin.

Nafaqalar bo‘yicha asosiy ishonch raqami – 1070. Batafsil ma’lumotlar Baraka kartasining rasmiy veb-saytida ham e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi tartib bilan homiladorlik va tug‘ish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari tayinlangach, tegishli mablag‘lar fuqaroning «Baraka» ijtimoiy kartasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazib berilishi ma’lum qilingandi.

Agar fuqaroning «Baraka» ijtimoiy kartasi mavjud bo‘lmasa, nafaqa tayinlangach, «Baraka» mobil ilovasi orqali fuqaro uchun virtual ijtimoiy karta avtomatik ravishda ochiladi. Tayinlangan nafaqa mablag‘lari ushbu virtual kartaga o‘tkazib beriladi.

Muhimi, virtual ijtimoiy kartaga ega bo‘lish uchun bankka borish yoki alohida murojaat qilish shart emas. Fuqaro barcha zarur ma’lumotlarni «Baraka» mobil ilovasi orqali ko‘rishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda o‘rtacha pensiya to‘qqiz yil ichida uch barobarga oshib, 1,6 million so‘mga yetgani haqida yozgandi.

Shuningdek