Shavkat Mirziyoyev Narendra Modini Ko‘ksaroyda kutib oldi

eʼlon qilindi
Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Narendra Modini Ko‘ksaroyda kutib oldi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarshi olib, uni shohsupaga taklif qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ikki davlat madhiyalari yangradi

Marosim davomida O‘zbekiston va Hindistonning davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Shundan so‘ng ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.

Oliy darajadagi muzokaralar boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Rasmiy kutib olish marosimidan keyin O‘zbekiston va Hindiston yetakchilari birgalikda suratga tushdi. Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Narendra Modi O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi $698,7 millionni tashkil qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek