1-oktabrdan bojxonada tadbirkorlar uchun yangi yengilliklar joriy etiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2027-yildan bojxona qiymatini nazorat qilish soddalashtiriladi
Foto: fer737ng / www.depositphotos.com

2026-yil 1-oktabrdan ayrim tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga importda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Shuningdek, eksport jarayonlarining raqamlashtirilishi hisobiga bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya va tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im hamda to‘lovlar 30 foizga kamaytiriladi.

2027-yildan bojxona qiymatini nazorat qilish soddalashtiriladi

2027-yil 1-yanvardan xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymatini tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilish tartibi joriy etiladi.

Bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi.

Shuningdek, bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi va rasmiy diler hamda distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Ayrim bojxona yig‘imlari undirilmaydi

2027-yil 1-iyundan jismoniy shaxslar notijorat maqsadlarda olib o‘tadigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi summasi to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bojxona tartiblarining bir qator talablari bekor qilinishi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan, faqat invoys asosida importni amalga oshirishda xorijiy hamkorga oldindan to‘lov o‘tkazish bo‘yicha mavjud cheklov bekor qilinadi.

Shuningdek