Magistratura-2026: qabul natijalari e’lon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga kirish bo‘yicha qabul natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Magistraturaga hujjat topshirgan talabgorlarning my.edu.uz elektron tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali yuborgan arizalari ko‘rib chiqildi.
Natijalarni onlayn ko‘rish mumkin
Magistraturaga hujjat topshirgan fuqarolar o‘zining yakuniy natijasini my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishi mumkin.
Natijani ko‘rish uchun talabgor elektron tizimdagi shaxsiy kabinetiga kirishi va qabul bo‘yicha ma’lumotlarini tekshirishi kerak.
Qabul natijalari 2026/2027-o‘quv yiliga tegishli
E’lon qilingan natijalar davlat OTMning 2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayoniga taalluqli.
Talabgorlar o‘z natijalarini aynan my.edu.uz tizimi orqali tekshirishlari mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident maktablariga kirish imtihonlarining natijalari chiqqani haqida yozgandi.