Toshkentda qiz o‘zini tomdan tashlamoqchi bo‘ldi — video

Toshkent shahrida fuqaroning o‘z joniga qasd qilishga urinishining oldi olindi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea Shalola mahallasida sodir bo‘lgan. Qodirova ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning birida fuqaro tomga chiqib olgan.
Huquq-tartibot xodimlari fuqaro bilan muloqot o‘rnatgan
Hodisa haqida xabar kelib tushgach, mahalla noziri va patrul-post xodimi voqea joyiga yetib borgan.
Ular fuqaro bilan muloqot o‘rnatib, vaziyatni keskinlashtirmasdan uni xavfsiz tarzda pastga tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Natijada fuqaroning hayoti saqlab qolingan.
Hozirda holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentda turmush o‘rtog‘ini muntazam kaltaklab kelganlikda gumon qilinayotgan yunon-rum kurashi bo‘yicha murabbiy va sport ustasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.