Farg‘onada 48 mln so‘mlik pirotexnika mahsulotlari musodara qilindi

eʼlon qilindi
Hozirda ish doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda
48 mln so‘mlik pirotexnika
Foto: Departament

Farg‘ona tumanida 48 mln so‘mlik pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy saqlash holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Departamentning Farg‘ona tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Xonadondan 300 dona pirotexnika topildi

Tadbir davomida fuqaroning «Dilkushо» MFY hududidagi xonadonida xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan pirotexnika mahsulotlari saqlanayotgani aniqlangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan umumiy qiymati 48 mln so‘m bo‘lgan 300 dona pirotexnika mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi, ya’ni pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq qilmish alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ish doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent viloyatida mashhur brendlar nomi ostida mahsulot ishlab chiqargan yashirin sex aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek