Ohangaronda Lacetti avtobusni ag‘darib yubordi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi hamda avtobusda bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilgan
Foto: viloyat YHXB

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Isuzu rusumli avtobus va Lacetti avtomobili to‘qnashdi. Hodisa oqibatida uch kishi shifoxonaga olib ketilgan. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Avtobus qayrilish vaqtida Lacetti bilan to‘qnashgan

Yo‘l-transport hodisasi 2-sentabr kuni soat taxminan 18:30 larda A373 «Toshkent – O‘sh» avtomobil yo‘lining 75-kilometrida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 1964-yilda tug‘ilgan haydovchi Isuzu rusumli avtobusni qayrilish mumkin bo‘lgan joydan qayrilayotgan vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1997-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashgan.

Uch kishi shifoxonaga olib ketildi

Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi hamda avtobusda bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hokimi G‘ayratjon Eshpo‘latov xizmat avtomobilida yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek