Migratsiya agentligiga yangi direktor tayinlandi

O‘zbekiston Prezidenti qaroriga muvofiq, Muxsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Agentlik O‘zbekiston fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish, mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish hamda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish bilan shug‘ullanadi.
Bexzod Musayev lavozimidan ketdi
Shu qarorlar bilan Bexzod Anvarovich Musayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi.
Musayev 2026-yil mart oyidagi rasmiy hujjatlarda ham Migratsiya agentligi direktori sifatida qayd etilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Timur Ismoilov IIV vaziriga o‘rinbosar bo‘lgani haqida yozgandi.