ChatGPT va boshqa sun’iy intellekt servislarida global nosozlik kuzatildi

eʼlon qilindi
Shikoyatlarning 46 foizi servisdagi umumiy nosozliklar bilan bog‘liq
ChatGPT va boshqa sun’iy intellekt servislarida global nosozlik kuzatildi
Foto: SI

Dunyoning turli mamlakatlarida ChatGPT, Claude, Grok, Google Gemini va boshqa sun’iy intellekt servislarining ishlashida nosozliklar kuzatildi. Foydalanuvchilar xabar yuborish, javob olish hamda ayrim platformalarga kirishda muammolarga duch kelgan. Bu haqda Kursiv Kazakhstan xabar berdi.

Nosozliklar 3-sentabr kuni kechki vaqtda qayd etilgan. Muammo bir vaqtning o‘zida bir nechta mashhur sun’iy intellekt xizmatlariga ta’sir qilgani aytilmoqda.

Foydalanuvchilar xabar yubora olmagan

Manbaga ko‘ra, ChatGPT faoliyatidagi uzilishlar yuzasidan o‘n minglab foydalanuvchilardan shikoyatlar kelib tushgan.

Ayrim foydalanuvchilar ChatGPT orqali so‘rov yubora olmagan yoki yuborilgan xabarlarga javob olmagan. Chatlardan foydalanishga urinish vaqtida ekranda xatolik haqidagi bildirishnomalar ham paydo bo‘lgan.

Shu bilan birga, muammolar faqat ChatGPT bilan cheklanmagan. Claude, Grok va Google Gemini kabi boshqa sun’iy intellekt xizmatlari foydalanuvchilari ham nosozliklar haqida xabar bergan.

Shikoyatlarning 46 foizi xizmatdagi nosozlik bilan bog‘liq

Internet xizmatlaridagi uzilishlarni kuzatuvchi Downdetector ma’lumotlarida ham foydalanuvchilar murojaatlarining keskin ko‘paygani qayd etilgan.

Shikoyatlarning 46 foizi servisdagi umumiy nosozliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Foydalanuvchilarning yana 38 foizi xizmat umuman ishlamay qolganini bildirgan.

Murojaatlarning 7 foizi sayt ishlashidagi muammolarga to‘g‘ri kelgan. Yana 7 foiz foydalanuvchi esa shaxsiy hisobiga kirishda qiyinchilikka duch kelganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri ChatGPT otasi 8 yoshli bolasini o‘ldirishni rejalashtirganini aniqlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek