Messining orqasidan terma jamoani yana to‘rt futbolchi tark etmoqchi

eʼlon qilindi
«Oltin avlod»ning yana to‘rt vakili Messining izidan borib, o‘z butsalarini mixga ilishi mumkin
Foto: futballworks.com

Afsonaviy futbolchi Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi sport ahlinini birmuncha xafa qildi, «Oltin avlod»ning yana to‘rt vakili Messining izidan borib, o‘z butsalarini mixga ilishi mumkin. Bu haqda footynewsonly xabar berdi.

«Oltin avlod» tarqalmoqda

Argentina jamoasi a’zolari Leandro Paredes, Emiliano Martines va Nikolas Tagliafiko terma jamoadagi kelajagi borasida shubhalar bildirgan. Nikolas Otamendi esa allaqachon Argentina safini tark etishini e’lon qilgan.

Shu tariqa 2021 va 2024-yillardagi Amerika kubogi hamda 2022-yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan avlod asta-sekin terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqda.

Paredes terma jamoadagi faoliyatini davom ettirish qiyinligini aytdi

Leandro Paredes Messining ketishi ortidan Argentina safida o‘ynashni davom ettirish o‘zi uchun qiyin bo‘lishini bildirgan.

Emiliano Martines va Nikolas Tagliafiko ham terma jamoadagi kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmagan.

Agar ushbu futbolchilar ham jamoadan ketsa, Argentina terma jamoasining so‘nggi yillardagi eng muvaffaqiyatli tarkibi deyarli to‘liq yangilanadi.

Messi Argentina safida 207 ta o‘yin o‘tkazgan

39 yoshli Lionel Messi 21 yil davomida Argentina terma jamoasi safida 207 ta uchrashuvda maydonga tushib, 125 ta gol urgan.

U terma jamoa bilan 2022-yilda jahon chempionligini, 2021 va 2024-yillarda Amerika kubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2022-yilda Finalissima va 2008-yilda Olimpiada chempioni bo‘lgan.

Messi Argentina safidagi so‘nggi uchrashuvini 2026-yilgi jahon chempionati finalida o‘tkazgan. Argentina qo‘shimcha vaqtda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Avvalroq Britaniyalik taniqli teleboshlovchi Pirs Morgan Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirgandi. 

Shuningdek