O‘zbekistonda 114 ta davlat muzeyiga kirish tekin bo‘ldi

O‘zbekistonda 2–8-sentabr kunlari «Muzeylar haftaligi» o‘tkazilmoqda. Shu kunlarda Madaniy meros agentligi tizimidagi 114 ta davlat muzeyi va muzey-qo‘riqxonasiga fuqarolar bepul tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda agentlikning Telegram kanalida xabar berildi.
Haftalik tarix, san’at va milliy meros bilan yaqindan tanishish, noyob eksponatlar hamda qadimiy yodgorliklarni ko‘rish imkonini beradi.
114 ta muzeyga kirish bepul
«Muzeylar haftaligi» doirasida Madaniy meros agentligi tizimidagi davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalar va uy-muzeylarida ochiq eshiklar kunlari tashkil etilmoqda.
Fuqarolar 8-sentabrga qadar ushbu muassasalarga bepul tashrif buyurishi mumkin.
Tarix va milliy meros bilan tanishish imkoniyati
Haftalik davomida tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston tarixiga oid noyob eksponatlar, san’at asarlari va qadimiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.
Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi «Boburtepa» arxeologik yodgorligida olib borilgan qazishmalar davomida qadimiy bino qoldiqlari va noyob devoriy surat namunasi topilgandi.