«Buxoro suv ta’minoti» AJ sobiq xodimi firibgarlikda gumon qilinmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
«Buxoro suv ta’minoti» AJ sobiq xodimi firibgarlikda gumon qilinmoqda
Rasm: SI

«Buxoro suv ta’minoti» AJ bo‘limining sobiq nazoratchisi fuqarolardan suv iste’moli uchun to‘lov sifatida pul olib, mablag‘larni shaxsiy ehtiyojlariga sarflagani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Holat Kogon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlangan.

25 nafar fuqarodan pul olingan

Tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, «Buxoro suv ta’minoti» AJ bo‘limining sobiq nazoratchisi Sh.S. 25 nafar fuqarodan go‘yoki suv iste’moli uchun to‘lov sifatida $100 va 17,8 mln so‘m olgan.

Biroq mazkur mablag‘lar fuqarolarning suv ta’minoti bo‘yicha qarzdorligini to‘lashga yo‘naltirilmagan.

Mablag‘lar shaxsiy ehtiyojlarga ishlatilgan

Departament ma’lumotiga ko‘ra, sobiq nazoratchi fuqarolardan olingan pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, keyinchalik ularni o‘z ehtiyojlari uchun sarflagan.

Natijada fuqarolarning suv iste’moli bo‘yicha qarzdorligi yopilmay qolgan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi – firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Farg‘ona va Namanganda giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek