Dollar haftani pasayish bilan boshlaydi: 7-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

7-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 9,70 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
27-avgust kuni 45,17 so‘mga oshib, 11 823,69 so‘mni, 28-avgust kuni esa 22,46 so‘mga tushib, 11 801,23 so‘mni tashkil qildi. 2-sentabr kuni 19,25 so‘mga oshib, 11 820,48 so‘mga yetdi. 3-sentabr kuni pasayish tendensiyasini ko‘rsatib, 7,39 so‘mga tushib, 11 813,09 so‘m, 4-sentabr 18,09 so‘mga tushib, 11 795 so‘m bo‘ldi.
Yevro kursida tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 3,01 so‘mga pasayib, 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli esa oshdi. Rubl kursi 0,33 so‘mga oshib, 136,13 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 4-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.